Amudaryoning qirg‘oq himoya dambalari mustahkamlanadi
Vazirlar Mahkamasi “Xorazm viloyati hududidan oqib o‘tgan Amudaryo daryosining qirgoq himoya dambalari va inshootlarini sel-toshqin suvlaridan himoya qilish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qabul qildi.
Unga ko‘ra, Amudaryoning qirgoq himoya dambalari va inshootlarini sel-toshqin suvlaridan himoya qilish uchun “Xorazm” milliy tabiat bog‘ining rekreatsiya zonasi hududidagi “Tangriko‘l” karerining 14-uchastkasida joylashgan 19 gektar yer maydonidagi xarsang toshlardan foydalaniladi.
Hudud belgilangan tartibda zaxiraga olinadi va Amudaryo Chapqirg‘oq himoya dambalari boshqarmasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi karerdan qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanishni;
- atrof-muhitga ta’sirini baholash loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishini;
- favqulodda holatlardagina Amudaryo daryosining qirg‘oqbo‘yi zonasini mustahkamlash maqsadida foydalanishni;
- foydalanish natijasida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish ishlari amalga oshirilishini;
- noruda foydali qazilmalar qayta ishlangan va sotilgan hollarda, yer qa’ridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda soliqlar to‘lanilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ajratiladigan yer maydonidan foydalanish davrida atrof-muhit muhofazasiga oid qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishi va buzilgan yerlar rekultivatsiya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatadi.

Tuproqqal'a tumani hokimligi
Ma'lumotlardan foydalanilganda
tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart
© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti
Tuman haqida
- Tuman haqida
- Mahalliy Kengash
- Tuman tashkilotlari
- Statistika
- Joy nomlari
Tuman hokimligi
- Hokimlik haqida
- Elektron hukumat
- Ishonch raqam
- Bo'sh ish o'rinlari
- Manzil
Voqealar
- Matbuot xizmati
- Deputatlar faoliyati
- Ma'ruzalar
- E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
- PF-6247 bo'yicha
- Ochiq budjet ma'lumotlari
- Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
- Kengash qarorlari
Ishlab chiqivchi: