Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
Alisher Salayevning tuman xotin-qizlariga bayram tabrigi

08.03.2023

Muhtarama onaxonlar! Hurmatli opa-singillar! Munis va lobar qizlarim!

  Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor nashidasi tobora kuchayib borayotgan ayni shu fusunkor ayyomda siz, azizlarimni, sizlarning timsolingizda butun tumanimiz ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun sevgi-muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan siz, go‘zal va betakror, qadrdon ayollarimiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 

Respublikada ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, qonuniy manfaatlarini himoyalash, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, tumanimizda o‘tgan davr davomida og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning 491 nafariga tibbiy, 1549 nafariga moddiy, 2794 nafariga bandlik masalasida yordamlar ko‘rsatildi. 77 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uy-joy bilan taʼminlandi.

Tumanimizning dilbar, fidoyi va mehribon xotin-qizlari har jabhada ilg‘or, tashabbuskor, ibratlidir. O‘zining fidokorona mehnati, erishgan ulkan yutuqlari, davlat va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, ibratli fazilatlari bilan xalqimiz o‘rtasida obro‘-eʼtibor qozongan ko‘plab opa-singillarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.

Jumladan, «Matyoqub Qodir» chorvachilik fermer xo‘jaligi texnologi - Bayramova Natalya Shamuratovna “Do‘stlik” ordeni bilan, Yaqubova Raʼno Abullayevna - “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan, Olloyorova Sevinchoy Farhod qizi - “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti taqdirlandilar.

Mana shunday hurmatli ayollarimizning borligi xalqimizga yana-da faxr bag‘ishlaydi.

Munis onajonlar, mehribon opa-singillar!

Oilalarimizni, jamiyatimizni fayz-u baraka bilan nurafshon etib kelayotgan Siz latofatli ayollarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor muborakbod etib, qalbimdagi eng ezgu niyatlarni tilayman.

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Aloqador hujjatlar
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov