Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
Aholini ro’yxatga olish usullari

19.12.2023

 Mamlakatimiz aholisini ro’yxatga olish tadbirga tayyorgarlikning puxta va keng qamrovli olib borilayotganidan ham uning ahamiyati va dolzarbligini anglash mumkin.

 Tadbirni o’tkazishda ma’lum bir usulni belgilab olish har bir mamlakatning o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshirilishi jahon amaliyotidan ma’lum. Aynan aniq bir usulning to’g’ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega.

 BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan aholini ro’yxatga olishning an’anaviy, idoraviy ma’lumotlardan foydalanish hamda aralash usullarini tavsiya qilinadi. Yuqorida keltirilgan qaror bilan belgilangan Shaxsga doir ma’lumotlarni yig’ish tartibiga ko’ra, mamlakatimizda ro’yxatga olish ishlari ikki xil usulda-qog’oz shakli hamda internet tarmog’i orqali amalga oshirish nazarda tutilgan. Ro’yxatga olishning an’anaviy usuli, asosan respondent bilan bevosita bog’lanib so’rovnoma (elektron yoki qog’oz shaklda) to’ldirish orqali amalga oshiriladi. Mazkur ro’yxatga olish so’rovnomasi yilma-yil yangilanib boriladi. An’anaviy usul ish hajmi hamda xarajatlar miqdorining ko’pligi, ko’p ishchi kuchi, yuqori malakali ro’yxatga oluvchilarni talab etilishi bilan xarakterlansada, aniq bir davrga taalluqli bo’lgan aholi to’g’risidagi to’liq ma’lumotlar shakllantirish, hududlar va kategoriyalar bo’yicha zarur bo’lgan barcha axborot bazasini yaratish imkonini beradi.

 Birinchi usulda ro’yxatga oluvchi xodimlar uyma-uy yurib, so’rov o’tkazadi va savollardan iborat varaqani respondentlarning so’zlari asosida to’ldiradi.

 Ikkinchi usulda respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmog’i orqali ro’yxatdan o’tish imkoniyati yaratiladi. Bunda so’rovnomalar aholining o’zi tomonidan maxsus dastur orqali to’ldirilib, belgilangan elektron manzilga jo’natiladi.

 

M.Satimov

Tuproqqal’a tuman statistika

bo’limi boshlig’i

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Aloqador hujjatlar
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov