2024-yil 19-dekabr kuni Tuproqqalʼa tumanida payshanba profilaktika kuni munosabati bilan navbatdag
19.12.2024
i xizmat yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Tadbirda idora-tashkilot vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek, profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha muhim yo‘riqnomalar berildi. Tadbir doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari, kasb-hunarlar taqdimoti, sayyor tibbiy ko'rik, is gazidan saqlanish, tabiiy gaz va elektr energiyalarini tejash bo‘yicha taqdimotlar, yoshlar va profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi. @tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati