Ommaviy sayyor qabul bo'lib o'tdi.
05.09.2024
Bugun Tuproqqal'a tumani istirohat bog'ida tuman sektor rahbarlari, respublika ishchi guruhi vakillari hamda Xalq qabulxonasi tuman bo'limi mudiri ishtirokida ommaviy sayyor qabul bo'lib o'tdi. Sayyor qabulda asosan ichki yo'llarni shag'allashtirish, ichimlik suv, tabiiy gaz va elektr ta'minoti masalalarida murojaatlar kelib tushdi hamda murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi. Qolgan qismi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. @tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati