Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
Ochiq muloqot | Aholini elektr, gaz, suv va ko'mir bilan ta'minlash masalalari

28.01.2025

Bugun Tuproqqal'a tumanida aholini elektr, gaz, suv va ko'mir bilan ta'minlash masalalari yuzasidan OAV va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Gaz ta’minoti bo’yicha:

Tumanda tabiiy gaz bo’yicha jami iste’molchilar 13 080 ta bo’lib, shundan, aholi 12 761 ta abonent, ulgurji 319 ta abonent mavjud bo’lib, iste’molchilarni kuz-qish davrida tabiiy gaz bilan uzliksiz ta’minlash bo’yicha tuman gaz ta’minoti korxonasi tomonidan 1,6 km quvurlarini rekonstruksiya qilish, 3 ta taqsimlash punktlari mukammal ta’mirlash, 221 ta gaz taqsimlash punktlarini taftish qilish, 14 km gaz quvurlarini bosim ostida sinash va tozalash, 49,5 km yer osti gaz quvurlarining holatini tekshirish, 19,5 km gaz quvurlarini tartibga keltirish va bo’yash ishlari 100 foizga bajarildi.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazish 2024 yil oktyabr-dekabr oylarida 5,4 tonna rejalashtirilgan bo’lib, oylik rejalar
100 foizga bajarilib kelinmoqda.

Rejaga ko’ra 2025 yil yanvar-mart oylarida aholiga
5,4 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Zaxirada: 89 ta maishiy gaz bollon, 100 metr har xil diametrdagi quvurlar, 50 kg karbid, 5 ta maxsus texnikalar hamda 3 ta avariya brigadasi mavjud.

Elektr ta’minoti bo’yicha:

Tumanda elektr bo’yicha jami iste’molchilar soni 15 913 ta bo’lib, shundanaholi 14692 ta abonent, ulgurji
1221 ta abonent mavjud bo’lib, 3632 ta xonadon 200 kVt dan ortiq elektr toki iste’mol qiladi.

Tumanda elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchilarni kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida 38,4 km elektr uzatish tarmoqlarini, 35 ta transformator punktlarini ta’mirlash, 28,7 km elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash, 9,7 km joriy ta’mirlash ishlari, 17 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash, 18 dona transformator punktlarini joriy ta’mirlash ishlari rejasi 100 foizga bajarildi.

Shuni ham aloxida ta’kidlab o’tish joizki, 2023 yilda aholini elektr ta’minotida uzilishlar bo’lgan va elektr kuchlanishi past bo’lgan 3 ta mahalla hududlaridagi elektr ta’minotini yaxshilash bo’yicha davlat dasturlari asosida joriy yilda 3 ta yangidan transformatorlar o’rnatilib, 7 km yangi kabel tarmoqlari tortildi.

Natijada 2000 tadan ortiq aholi xonadonining elektr ta’minoti yaxshilandi va yil boshidan 150 025 ming kVt iqtisod qilishga erishildi.

Zaxirada: 4 ta transformator, 30 kg SIM, 200 metr SIP kabeli, 5 ta tayanch ustunlari, 200 litr transformator maslasi,

8 ta transformator avtomatlari va 6 ta saqlagich mavjud.

4 ta brigada va 3 ta maxsus texnika xizmat qilib kelmoqda.

Quyosh panellari bo’yicha:

Tumanda 209 ta obyektlarda 3512 kVt quyosh panellari o’rnatilgan.

Tumanda joriy yilda jami 63 ta obyektlarda 904 kVt quyosh panellari o’rnatildi.

Sohalar kesimida ijtimoiy soha va davlat idoralarida
10 ta 433 kVt, 12 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan
190 kVt, 37 ta aholi xonadonlariga 251 kVt, 8 ta ko’p qavatli uy-joylarda 82 kVt quyosh panellari o’rnatildi.

Tumanda bugungi kunga qadar o’rnatilgan quyosh panellaridan o’z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan 3533,2 kVt eletr energiyasini elektr korxonasiga sotishga erishildi. Shundan
113 ta aholi xonadonlari 517,5 kVt, 49 ta ulgurji tashkilotlar 924,9 kVt o’z ehtiyojidan ortiqcha elektr energyasi ishlab chiqargan.

Joriy yilning 13 sentyabr kuni muhtaram Prezidentimiz bu masalada shaxsan yig’ilish o’tkazib, jiddiy e’tirozlarini bildirgan edilar, ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holatlariga batafsil to’xtalib, barcha mutasaddilar qat’iy ogohlantirilgan. Ushbu yig’ilishdan to’g’ri xulosa chiqarib, quyosh panellari o’rnatish rejalari joriy yil yakuniga qadar 100 % ga bajarilishi ta’minlanadi.

Ichimlik suv ta’minoti bo’yicha:

“Xorazm suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati Tuproqqal’a tumani bo’limida hozirgi kunda jami 9,9 ming ta iste’molchilar mavjud, joriy yilda 1000 tadan ortiq xonadonlar ichimlik suvi tarmog’iga ulandi.

Suv ta’minoti tuman bo’limi tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha 1 ta suv nasos uskunalari mukammal ta’mirlandi va 1,8 km uzunlikda ichimlik suvi tarmoqlari joriy ta’mirdan chiqarildi.

Shuningdek, joriy yilda tumanda tashkil qilingan “Yangi O’zbekiston” massivida qurilayotan ko’p qavatli turar joylar uchun 1,2 km, Nurobod mahallasi hududida 2,2 km, Sayapir mahallasida yangidan 300 metr va Saxovat mahallasi hududida 140 metr uzunlikda quvur yotqizish ishlari amalga oshirildi. Natijada 210 nafar aholi xonadonlari ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Zaxirada: 0,3 km uzunlikda har xil diametrli politelen ichimlik suvi quvurlari mavjud bo’lib, 4 ta maxsus qazish texnikasi, 2 ta avariya bartaraf qilish brigadalari orqali xizmat qilmoqda.

Issiqlik ta’minoti bo’yicha:

Issiqliq ta’minoti tuman bo’limi tasarrufida jami 3 ta qozonxonada jami 7 ta isitish qozoni, 550 metr issiqliq uzatish tarmoqlari mavjud va kuz-qish mavsumida soz holatda ishlamoqda. Shundan, 2 ta istish qozonxonasi 2 ta ijtimoiy soha obyektlariga, 1 ta isitish qozonxonasi Obod mahallasi hududidagi “Yangi O’zbekiston” massividagi ko’p qavatli uylarga issiqlik energiyasi yetkazib bermoqda.

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Aloqador hujjatlar
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov