3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
03.12.2022
BMT tashkiloti tomonidan 3-dekabr –Xalqaro nogironlar kuni, deb eʼlon qilingan. Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.
Kun munosabati bilan bugun Tuproqqal'a tumanida nogironligi bo'lgan fuqarolarimizning 100 nafari uchun dasturxon yozilib, sovg'a-salomlar tarqatildi.
Endilikda ishlab chiqilgan reja-grafik asosida qolgan fuqarolarimizning ham xonadonlariga borib, ularning ham holidan xabar olinmoqda.