Sayyor qabul: muammo va yechim
28.10.2024
Bugun tuman hokimi va sektor rahbarlari Tuproqqal'a maskani mahallasida bo'lib, fuqarolarning murojaatlarini qabul qildilar. Sayyor qabulda asosan uy-joy, ishsizlik va dehqon xo'jaliklarini tashkil etish masalalarida murojaatlar kelib tushdi hamda masalalarni qonuniy hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. @tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati