Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Bog'lanish
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
2023 yil 1-yanvardan qaysi toifadagi pensionerlarning pensiyasi qayta hisoblanadi?

21.09.2022

      2022 yil 19 sentyabrda O’zbekiston Respublikasining O’RQ-791 sonli qonuni e’lon qilindi. Ushbu qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risidagi Qonuni”ga o’zgartirish kiritildi. Pensiya tayinlanganda fuqarolarning pensiyaga chiqayotganida taqdim qilingan ish haqi miqdorlaridan kelib chiqib pensiyalar miqdori aniqlanadi, bunda fuqaroning 5 yillik ketma-ket ish haqining o’rtacha miqdori pensiya tayinlanayotgan davrdagi pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 10 baravaridan ortiq qismi hisobga olinmas edi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab, qaysi bir pensionerga pensiya tayinlanganda 5 yillik ketma-ket ish haqining o’rtacha miqdori pensiya tayinlanayotgan davrdagi pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 10 baravaridan 12 baravarigacha bo’lgan, ya’ni oldin hisobga olinmagan qismi qayta hisoblanib, pensiya miqdori oshiriladi. Masalan, 2019 yilda pensiyaga chiqqan fuqaroning o’rtacha ish haqi miqdori 3.000.000 so’mni tashkil qilgan bo’lsa, qonun bo’yicha ushbu o’rtacha miqdorning 2.386.100 so’mi hisobga olingan, sababli 2019 yilda pensiyani hisoblashning eng kam miqdori 238610 so’mni tashkil qilgan. Endilikda ushbu o’zgarishdan keyin bu fuqaroning hisobga olinmagan 613.900 so’m ish haqi ham qo’shilib, pensiyani hisoblashning eng kam miqdori hizirdagi miqdorining 12 baravargacha qismi, ya’ni 324.000x12=3.888.000 so’mgacha qismi hisobga olinib, shundan pensiya miqdori qayta hisoblanadi. Pensiya tayinlashda o’rtacha ish haqi miqdori pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 10 baravarini tashkil qilmagan pensionerlarning pensiyasi qayta hisoblanmaydi va ularning pensiya miqdori oshmaydi. 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Tuproqqal’a tuman bo’limi boshlig’i B.Matkarimov

 

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Hujjatlar
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
  • Ochiq ma'lumotlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov