Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
“2022–2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori

19.03.2022

“2022–2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ–172-son, 18.03.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga ko’ra, 2022–2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq va mahallalar soni bo’yicha maqsadli parametrlar tasdiqlandi.

Shunga ko’ra, belgilangan yillarda respublikadagi jami 2 043 qishloq va mahallalarda (jumladan, 2022 yilda 413 tasida) qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Dasturlar doirasida belgilangan yillarda jami 4 057 ta ijtimoiy soha obyektlarini, jumladan, 2022 yilda:

➖143 ta bog’cha;

➖265 ta maktab;

➖137 ta sog’liqni saqlash muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash rejalashtirilgan.

Shuningdek:

➖ 27 722,5 km ichki yo’llar (2022 yilda – 5 113,2 km), 18 574,8 km ichimlik suv tizimlari (2022 yilda – 3 881,7 km tarmoq, 432 ta inshoot) yaxshilanadi;

➖ jami 5 962 ta fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari komplekslari, bozorlar (jumladan, 2022 yilda 253 ta mahalla binosi va guzar, 894 ta bozor) quriladi hamda ta’mirlanadi;

➖ 5 284,2 km optik tolali aloqa tarmoqlari (2022 yilda – 1 327,1 km) quriladi;

➖ 78 ta yangi avtobus yo’nalishlari (2022 yilda 16 ta) tashkil etiladi.

Ichki yo’llarni ta’mirlash uchun 2 trillion so’m, ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun 1 trillion so’m, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarni qurish (ta’mirlash) va obodonlashtirishga 1,4 trillion so’m mablag’ ajratiladi.

Qarorga ko’ra, 2023 yildan:

qishloq va mahallalardagi mavjud ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarining haqiqiy holati tasdiqlangan mezonlar asosida baholanib boriladi;

baholash natijalariga ko’ra eng past ko’rsatkich qayd etgan va o’tgan davr mobaynida Dasturlarga kiritilmagan qishloq va mahallalar Dasturlarga birinchi navbatda kiritiladi.

 

 

Tuproqqal’a tuman adliya bo’lim boshlig’i Sh.Boltayeva

 

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Aloqador hujjatlar
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov