30.12.2021
Assalomu alaykum hurmatli deputatlar va sessiya ishtirokchilari!
Tuproqqal’a tumani kambag’allikni qisqartirish, yangi ishchi o’rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida barcha sohalarda samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan iqtisodiy ko’rsatkichlar haqida gapirib o’tsam.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yanvar-oktyabr oylarida
4 trln. 211,3 mlrd. so’mni tashkil qildi. 2021 yil yakuniga qadar
5 trln. 239,0 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda va bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 114,3 foizni tashkil etadi.
Viloyatning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishidagi Tuproqqal’a tumanining ulushi 47 foizini tashkil qiladi.
2022 yilda 6 trln. 241,7 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirildi.
Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi yanvar-oktyabr oylarida 3 trln. 258,3 mlrd. so’mni tashkil qildi. 2021 yil yakuniga qadar
4 trln. 102,0 mlrd. so’mlik xalk iste’mol mollari ishlab chiqarilishi kutilmoqda va bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 113,7 foizni tashkil etadi.
2022 yilda 4 trln. 837,3 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirildi.
Qishloq xo’jaligi maxsulotlari yalpi hajmi yanvar-sentyabr oylarida 324,5 mlrd. so’mni tashkil qildi. Yil yakuniga qadar 572,0 mlrd. so’mlik qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda va bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 109,3 foizni tashkil etadi.
2022 yilda 588 mlrd. so’mlik qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Qurilish ishlari hajmiyanvar-oktyabr oylarida 112,2 mlrd. so’mni tashkil qilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 135,3 foizni tashkil etdi. 2021 yil yakuniga qadar 124,5 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajaralishi kutilmoqda va bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 125,0 foizni tashkil etadi.
2022 yilda 144,9 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilishi rejalashtirildi.
Chakana savdo aylanmasi yanvar-noyabr oylarida 147,7 mlrd. so’mni tashkil qilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati
112,6 foizni tashkil etdi. 2021 yil yakuniga qadar 267,9 mlrd. so’mlik chakana savdo aylanmasi amalga oshirilishi kutilmoqda va bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 120,9 foizni tashkil etadi.
2022 yilda 294,7 mlrd. so’mlik chakana savdo aylanmasi amalga oshirilishi rejalashtirildi.
Shuningdek, jami xizmatlar hajmi yanvar-oktyabr oylarida
167,3 mlrd. so’mni tashkil qilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 153,9 foizni tashkil etdi. 2021 yil yakuniga qadar
225,0 mlrd. so’mlik xizmatlar xajmi amalga oshirilishi kutilmoqda va bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 180,2 foizni tashkil etadi.
2022 yilda 277 mlrd. so’mlik xizmatlar xajmi amalga oshirilishi rejalashtirildi.
Tumanda joriy yil 1 dekabr holatiga jami kichik biznes subyektlari soni 544 tanitashkil qilib xozirda 518 tasi faoliyat yuritmoqda. (Bugungi kunda faoliyatsiz 26 tasi ixtiyoriy tugatish jarayonida).
O’tgan 2021 yil yanvar-noyabr oylarida jami 143 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil qilindi shundan, 132 tasi kichik biznes subyektlaridan iborat.
Shuningdek, vaqtincha faoliyat yuritmayotgan (27 ta tadbirkorlik subyekti) yuridik shahslarni faoliyatini tiklash bo’yicha tuzilgan ishchi guruhlar, soliq organlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlarning ko’magi, tushuntirish va targ’ibot ishlari natijasida ushbu korxonalarning faoliyatini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida 2021 yil yanvar-noyabr oylarida “Xar bir oila - tadbirkor”, “Xunarmandchilikni rivojlantirish” hamda “Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarini qo’llab-quvvatlash” davlat dasturlari orqali 501 ta tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga 12,3 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Shundan, 163 nafar yoshlarga 4,2 mlrd. so’m hamda 331 nafar ayollarga 5,5 mlrd. so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratildi.
2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali jami 28,0 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi hamda 700 ta yangi ishchi o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Aholi bandligini ta’minlash bo’yicha
Aholi bandligini ta’minlash bo’yicha
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan ish bilan band bo’lmagan ishsiz fuqarolardan 579 nafar fuqarolarni ishga joylashtirish rejalashtirilgan bo’lib 1 dekabr holatiga 594 nafar ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlandi va belgilangan reja 102.6 foizga bajarildi.
Shuningdek joriy yil dekabr oyida yana 31 ta yangi ishchi o’rinlari tashkil qilinadi.
2021 yil yanvar-noyabr oylari davomida 979 nafar fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilindi va ularga 627 mln. so’m miqdorida ish haqi hisoblanib to’lab berildi. Dekabr oyida yana 80 nafar fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilib, ularga 78.5 mln. so’m miqdorida ish haqi to’lab beriladi.
2022 yilda 14 ta yo’nalishda jami 5078 ta yangi ishchi o’rinlari yaratishni reja qilib oldik. Jumladan:
- Yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etish hisobiga - 401 ta,
- Korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga – 52 ta,
- Lider tadbirkor loyihalarini amalga oshirish hisobiga-237 ta,
- Mehnat vazirligi subsidiyalari orqali – 224 ta,
- Sanoat loyihalari hisobiga – 199 ta,
- Xizmat ko’rsatish loyihalari hisobiga – 102 ta,
- Qishloq xo’jaligi loyihalari hisobiga – 140 ta,
- Oilaviy tadbirkorlik kreditlari ajratish hisobiga – 700 ta,
- Aholiga ijaraga yer ajratish hisobiga – 624 ta,
- Yerlarni o’zlashtirish va bo’shagan yerlar hisobiga – 135 ta,
- Paxta-g’alla klasteri tomonidan – 150 ta,
- Ijtimoiy soha, Obod qishloq dasturlari qurilishida – 126 ta,
- Kasbga tayyorlab chet elga jo’natishorqali – 600 ta,
- Jamoatchilik ishlari hisobiga- 1388 ta ishchi o’rinlari yaratiladi.
Hurmatli deputatlar va sessiya ishtirokchilari!
Byudjet tushumlari bo’yicha
Tuman bo’yicha 2021 yil uchun byudjet daromadlariga 51,5 mlrd.so’m yillik reja belgilanib, 1 dekabr holatiga belgilangan yillik rejaning bajarilishi 110,3 foizni (ya’ni 56,3 mlrd.so’mni) tashkil qilmoqda.
2021 yil yakuniga byudjetga 62,7 mlrd.so’mga yoki 120,7 foizga bajarilishi kutilmoqda.
Tumanda ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish bo’yicha joriy yilda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan,
Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo’yicha 9 ta mahallada 61 km quvurlar yotqizilib, yangidan suv taqsimlash inshoatlari qurildi. Natijada 2700 ta xonadon ichimlik suv bilan ta’minlanib, hozirgi kunda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi
82,1 foizni tashkil qilmoqda.
2022 yilda jami 60,4 km quvurlar yotqizilib, suv taqsimlash inshoati quriladi. Natijada 1855 ta xonadon ichimlik suv bilan ta’minlanadi.
Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo’yicha
Jami 48,4 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 16 ta transformator punktlarini joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Bajarilgan yangi qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlar natijasida 18 ta mahallalardagi 56,8 ming aholi iste’molchilariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifati yanada yaxshilandi. Shuningdek, 863 ta xususiy va oilaviy tadbirkorlarning elektr energiyasiga bo’lgan talabi qondirildi.
2022 yilda jami 5 ta yangidan transfarmotor o’rnatish, 6 km, uzunlikdagi havo-liniyalarini yangidan qurish va 6,3 km uzunlikdagi havo-liniyalarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Tabiy gaz bo’yicha
Tumanda tabiiy gaz tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo’yicha 6 dona gaz taqsimlash punktlari mukammal ta’mirlandi.
Bugungi kungacha jami 14233 ta aholi xonadonlaridan 5593 tasiga yangi zamonaviy ASKUG gaz hisoblagich o’rnatildi. Natijada, tuman aholisining 99,3 foizi tabiy gaz bilan ta’minlandi.
Avtomobil yo’llari bo’yicha
2021 yilda 7,0 km davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llar, 4,5 km mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo’llar, ichki yo’llardan 27,5 km (qum shag’al aralashmasi) uzunlikdagi jami 39,0 km yo’llar ta’mirlanib xolati yaxshilandi va 1 ta ko’prikni ta’mirlash ishlari bajarildi.
2022 yilda 18 ta mahallada jami 50,3 km, shundan 1,2 km ichki xo’jalik yo’llarini asfalta-beton bilan ta’mirlash hamda 49,1 km ichki xo’jalik yo’llariga qum shag’al aralashmasi yotqizish rejalashtirilgan.
Bulardan tashqari tumanimizda ijtimoiy soha obyektlarini yangidan qurish, ta’mirlash bo’yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, “Sarimoy” mahallasida “Sarimoy” oilaviy shifokorlik punkti 3 mlrd 207 mln so’mga yangidan qurildi.
2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti kapital ta’mirlanib, 13 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil qilinib, qamrov 86,5 foizga yetkazildi.
2022 yilda obod qishloq davlat dasturi asosida "Sayapir" mahallasidagi 9-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish natijasida qo’shimcha 90 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi;
yangidan 1 ta 100 o’rinli davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 3 ta 125 o’rinli oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilot ishga tushirish rejalashtirilgan.
Buning natijasida tumanda 3 yoshdan - 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning qamrov darajasi 96 foizga yetkaziladi.
Tumanda jami 22 ta umumiy o’rta ta’lim muassasasi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 18 ta umumiy o’rta ta’lim maktabi, 3 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat ko’rsatmoqda.
Joriy yilda 6 ta umumta’lim maktablari 2021 yil investisiya va “Obod qishloq” dasturi asosida 16 mlrd 244 mln 217 ming 549 so’m mablag’ hisobiga ta’mirlandi.
2021-2022 yillar mobaynida 1 ta bolalar-o’smirlar sport maktabiga qarashli tuman markazi o’yingoxi qayta qurilishi evaziga 220 nafardan ortiq yoshlarni sportga qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Tumanimiz sportchilari Osiyo chempionatlarida 1 ta oltin, 1 ta kumush 5 ta bronza medallarini qo’lga kiritganligi hammamizni faxrlantirdi.
Jumladan, shuni faxr bilan aytishimiz mumkinki Ruminiya davlatining Buxarest shahrida 2021 yil 24-noyabrdan 3-dekabr kunlarida sportning armrestling turi bo’yicha Jahon chempionatida tumanimizdan 1 nafar sportchimiz ishtirok etib, Yo’ldoshev Yarashboy kumush medalini qo’lga kiritib, musobaqada munosib qatnashib, Davlatimiz bayrog’ini ko’targani, qolaversa tuman hokimi tomonidan qimmat baho sovg’alar bilan taqdirlanishi sportchilarimiz shijoatiga g’ayrat qo’shdi va sportchilarimiz tumanimizning chekka mahallalarida va umta’lim maktablarida Respublikamiz bayroqlarini baland ko’tarib mahallalar yoshlari bilan o’tkazilgan master-klasslar va uchrashuvlarda butun bir Tuproqqal’alik yoshlar ularning ortidan ergashishga, ular ham sportga bo’lgan shijoati ortib tumandagi barcha sport inshoatlarda yosh xavaskor sportchilarning soni oshgani sezilarli darajada deb bemalol aytalaman.
Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi
“Temir daftar” bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar.
- Temir daftar”ga kiritilgan jami ehtiyojmand oilalar 411 tani, oila a’zolar soni 1708 ta, shundan mehnatga layoqatli ishsizlar 490 tani tashkil qiladi.
- Xalq deputatlari tuman kengashi qarori asosida ehtiyojmand oilalar ro’yxatidan chiqarilgan ehtiyojmand oilalar soni 360 tani (yoki 87,6 foizni) tashkil qiladi.
- Bugungi kunda ijtimoiy ximoyaga muxtoj 51 ta oila(1-sektorda 29 ta, 2-sektorda 9 ta, 3-sektorda 5 ta, 4-sektorda 8 ta) “Temir daftar” ro’yxatda turadi. Ko’rsatilgan yordam turlari bo’yicha to’xtalib o’tsam. 484 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 99 ta oilaga subsidiya asosida 290,3 mln so’mga issiqxona qurib berildi, 206 ta oilaga
92,5 mln.so’m naqd pul homiylar tomonidan berildi, 14 ta oilaga 6,2 mln. so’mlik dori-darmonlar yetkazib berildi, 4ta oilaga 9 bosh qoramol, 11 ta oilaga 39 ta qo’y-echki, 22 ta oilaga 250 ta tovuq berildi. 2020 yilda jami ko’rsatilgan yordamlar miqdori 1 mlrd. 118 mln.so’mni bo’lib, jami
1 mlrd 352 mln.so’mlik yordam ko’rsatildi. - Shuningdek, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida “Saxovat va ko’mak” jamg’armasidan jami 74 ta oilalarga 163,6 mln.so’mlik yordamlar ko’rsatildi. Jumladan, 64 ta oilaga 4,6 mln so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi, 50 ta oilaga 72,1 mln.so’mlik bir martalik moddiy yordamlar berildi, 2 ta oilaga 15 mln.so’mlik dori-darmonlar,
8 ta oilaga sog’liqlarini tiklash (operasiya) uchun 9 mln.so’m shifoxonalarga o’tkazib berildi. Ijtimoiy ximoyaga muxtoj 2 ta oilaga xomiylik xisobidan 105 mln.so’mlik uy joyqurib berildi.
Ayollar daftari bo’yicha
“Ayollar daftari” bo’yicha 1-bosqich va 2-bosqichda 3655 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar“Ayollar daftari”ga kiritildi hamda
- 339 nafarining doimiy bandligi ta’minlandi;
- 32 nafariga yer berildi
- 56 nafarining o’zini o’zi bandlashiga erishildi
- 587 nafari qayta kasbga o’qitildi
- 202 nafariga kredit olishida yordamlashildi
- 14 nafariga subsidiya orqali issiqxona qurib berildi
- Boquvchisini yo’qotgan ehtiyojmand 191 nafar ayollarga jami
39 so’mlik bir martalik moddiy yordam berildi. - Uy joyga muxtoj 13 nafar ayollar turar joy bilan ta’minlandi
- 11 nafarining uy-joyi ta’mirlab berildi
Shuningdek bir qator moddiy, tibbiy va xuquqiy yordamlar ko’rsatildi.
Tumanda bugungi kungacha “Ayollar daftari”ga kiritilgan
xotin-qizlardan 3566 nafari Xalq deputatlari tuman kengashining
tegishli qarorlariga asosan “Ayollar daftari”dan chiqarildi, hozirgi kunda “Ayollar daftari”da 89 nafar xotin-qizlar mavjud.
“ Yoshlar daftari” bo’yicha
Bugungi kunda tuman aholisining 12 ming 25 nafarini (yoki 22,1 foizini) 18-30 yoshdagi yoshlar tashkil qilib, 5 ming 24 nafari bilan so’rovnoma o’tkazildi, bugungi kun holatiga ushbu yoshlardan
4 ming 24 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va o’tgan davr mobaynida jami yoshlarning 3 ming 740 nafari (92,9 foiz) daftardan chiqarildi.
Jumladan,
- ishsiz yoshlarning 568 nafari doimiy ishlarga joylashtirilgan,
- 34 nafar yoshlarga 1 mlrd 86 mln. so’m imtiyozli kredit ajratilgan,
- 789 nafar yoshlarga 157,8 gektar yer maydoni ajratildi,
- 23 nafariga mehnat qurollari uchun subsidiya ajratildi,
- 560 nafari “Ustoz shogird” an’anasi bo’yicha xunarmandlarga biriktirish,
- 175 nafari tashqi migrasiyasini tashkil etish,
- 157 nafari xaydovchilikka o’qitish orqali,
- 111 nafarini iste’dodlarini qo’llab-quvvatlash uchun mablag’ ajratish orqali;
- 84 nafariga safarbarlik chaqiruv rezervi harajatlarini qoplab berish orqali;
- 32 nafarini to’lov-kantrakt summasini to’lab berish orqali;
- 17 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlashi orqali ;
- 26 nafari boshqa yo’nalishlar doirasida daftardan chiqarilgan.
Shuningdek, 298 nafar yoshlar tadbirkorlik va biznesga o’qitilib, 215 nafariga sertifikat berildi va sertifikat olganlarning 34 nafariga 1.86 mlrd.so’m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.
“Yoshlar: 1+1” dasturi orqali 559 nafar yoshlar salohiyatli tadbirkorlar hamda hunarmandlarga biriktirilgan.
Tuproqqal’a tumanida bugungi kunga qadar “Yoshlar daftari” jamg’armasi mablag’lari hisobidan 2787 nafar yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun 992 mln. 882 ming so’m mablag’ sarflandi.
Aholini uy-joyga bo’lgan talabini qondirish bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-33-sonli farmoniga ko’ra Tuproqqal’a tumanida jami 120 ta shulardan, 17 tasi shaharlarda, 80 tasi qishloq joylarida uy joy sotib olish uchun va 23 tasi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiyalar berilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda uy-joy sotib olishda davlat subsidiyasini olish uchun jami 171 ta arizalar kelib tushdi, shulardan jami 35 ta arizalar uy-joy komissiyasi tomonidan ijobiy hal etildi. Jumladan 15 tasi shahar joylaridan, 20 tasi qishloq joylaridan uy joy sotib olish uchun subsidiyalar berish to’g’risida ijobiy xabarnomalar berilgan. Xozirgi kunda yana 2 ta shahar joylaridan, 61 ta qishloq joylaridan uy joy sotib olish uchun va 23 ta oilaga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiyalar berilishi ko’zda tutilgan.
2022 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 2021 yil 11 martdagi 6186-son farmoniga asosan "Obod" mahallasi xududidan
2 ta 60 xonadonli arzonlashtirilgan ko’p qavatli uy-joylar hamda yangi tartib dorasida 5 ta 100 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida 2022 yilda jami 520 ta oila uy-joy bilan ta’minlanadi.
“Yangi O’zbekiston” massivlarini barpo qilish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O’zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash to’g’risidagi PF-32-sonli Farmoniga asosan Tuproqqal’a tumanidagi “Obod” mahallasi tanlab olindi.
Tuproqqal’a tumanining aholisi bugungi kunda 56,1 ming nafarni tashkil qiladi. Aholining ko’payishi hisobiga 2030 yilga borib 70 ming nafarni tashkil qilishi kutilmoqda. Aholining uy-joyga bo’lgan talabi, kelib tushgan murojaatlarga ko’ra 500 dan ziyodni tashkil qilmoqda.
“Yangi O’zbekiston” massivini barpo etish uchun 10,5 gektar maydon tanlab olindi. Massivda jami 33 ta 5 qavatli 660 ta xonadonli uy-joylar, jumladan, 2022 yilda 5 ta 5 qavatli 100 ta xonadonli uy-joylar quriladi. Shuningdek, 2022-2026 yillarda massivdag yangidan
460 o’rinli umuta’lim maktabi, 2 ta 160 o’rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, shifoxona bino hamda 2 ta savdo kompleksi maishiy xizmat ko’rsatish shohobchalari ishga tushiriladi. Buning natijasida 547 ta yangi ishchi o’rinlari yaratiladi.
“Yashil makon” loyihasi bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning2 noyabr kuni bo’lib o’tgan video-selektor yig’ilishida belgilab berilgan ko’chat ekish bo’yicha “Dolzarb 40 kunlik” topshiriq ijrosini ta’minlash bo’yicha tumanda 2021 yil kuz, 2022 yil baxor oylarida jami 939 ming dona shundan 2021 yil kuz mavsumida 241 ming dona manzarali va mevali daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan bo’lib bugungi kun holatiga 157,4 ming yoki 65,3 foizga bajarilib ko’chat ekish ishlari davom qilmoqda.
Investisiya loyihalari bo’yicha
Tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish, tumanning investision jozibardorligini oshirish maqsadida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Olib borilgan ishlar natijasida oldimizga qo’yilgan eksport va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni o’zlashtirish rejalarini ortig’i bilan bajarishga erishdik. Xususan, joriy yilning 1 dekabr xolatiga tumanda 14,5 mln. dollarlik to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar o’zlashtirilgan bo’lsa, jami 6 mln. 44 ming dollarlik shundan 4 mln. 222 ming dollarlik sanoat mahsulotlari,
1 mln. 821 ming dollarlik qishloq xo’djaligi mahsulotlari eksportga ortildi va eksport hajmi o’tgan yilga nisbatan 142 foizni tashkil qildi.
Shu bilan birga, tuman aholisi doimiy ish o’rinlari bilan ta’minlash, tumanda sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda xizmat ko’rsatish va servis sohalarini rivojlantirish maqsadida 56 ta loyihalar doirasida
955,1 mlrd.so’mlik investisiyalarning o’zlashtirilishi natijasida
2 ming yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan bo’lib, joriy yilning
1 dekabr xolatiga 793,4 mlrd.so’mlik invetisiyalar o’zlashtirilishi xisobiga 33 ta loyihalar ishga tushirilib, 764 ta yangi ish o’rinlari yaratilishiga erishildi.
2022 yilda umumiy qiymati 95,6mlrd.so’mga teng 21 ta investisiya loyihalarini amalga oshirilishi natijasida 426 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.
Xususan:
- “Future Industry Systems” MChJning qiymati 16,8 mln. dollarga teng “Elektr dvigatellari ishlab chiqarish” loyihasi,
- “Future Industry Systems” MChJning qiymati 7,4 mln. dollarga teng “Kichik maishiy texnika vosilari ishlab chiqarish” loyihasi;
- “Nur Muxammad Islom Obod” MChJning qiymati 1,0 mln. dollarga teng “Tibbiyot qo’lqoplari ishlab chiqarish” loyihasining
2 bosqichi;
- “New Best Style” MChJning qiymati 2,2 mln. dollarga teng “Gulqog’oz ishlab chiqarish” loyihasining 2 bosqichi.
Hokim yordamchilari
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha tuman hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etildi. Tumanda 18 ta mahallaga hokim yordamchilari suhbat asosida tanlab olindi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab hokim yordamchilari mahallalarda o’z ish faoliyatini boshlaydi.
Hokim yordamchilari mahallalarda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar bo’yicha tavsiyalar berish;
- Mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko’maklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi;
- Respublika vakillari bilan birgalikda o’ziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish bo’yicha 2022 yilga mo’ljallangan «Yo’l xaritasi»ni ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlaydi;
- Ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;
- Amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga hisobot berib boradi.
Hokim yordamchilari mahallani rivojlantirishda o’ziga berilgan vakolatlardan samarali foydalanishi zarur.
Hurmatli deputatlar va sessiya ishtirokchilari!
2021 yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida yo’l qo’ygan kamchiliklarni bartaraf qilish va 2022 yilda ustuvor vazifalarni amalga oshirishda tumandagi barcha tashkilot rahbarlari o’ziga bo’lgan mas’uliyatni yana bir bor oshirgan holda ish olib borishi lozim.
Hisobotim tugadi e’tiboringiz uchun rahmat!