15 nafar ishsiz xotin-qizlarga subsidiya asosida mehnat qurollari topshirildi
28.01.2023
Yurtimizda xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda
Ayni paytda xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda ko‘maklashish maqsadida tuman hokimligi tomonidan bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Jumladan, mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari tavsiyasi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan, ehtiyojmand 15 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalar olib berildi.
Endi ular mustaqil ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirishlari mumkin bo'ladi.