15 nafar ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida mehnat qurollari topshirildi
20.02.2023
15 nafar ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida mehnat qurollari topshirildi
Yurtimizda kam ta'minlangan va ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini tizimli hal etish, bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda
Ayni paytda ularga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda ko‘maklashish maqsadida tuman hokimligi tomonidan bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Jumladan, bugun mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari tavsiyasi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan, ehtiyojmand 15 nafar fuqarolarga subsidiya asosida mehnat qurollari topshirildi.
Endi ular mustaqil ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirishlari mumkin bo'ladi.