15.12.2021
Ma’lumki, mamlakatimizda so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish va ushbu sohada bozor mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joiz, 2020 yilda respublikamizda qiymati 250 trln. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirilgan bo‘lib, 80 turdan ortiq mahsulotlar dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. Shuningdek, 2016-2021 yillar oralig‘ida meva va dukkakli mahsulotlar eksporti 2 baravar ortgan.
Yuqoridagi fikrlarimiz isboti o‘laroq, joriy yil 23 noyabrda Prezidentning mazkur sohaga oid qarori (23.11.2021 y., PQ–20-son) qabul qilinganligi islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Qarorga muvofiq, respublika bo‘ylab past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar yer maydonini bosqichma-bosqich zaxiraga qaytarish va ushbu zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini 0,1–1 gektargacha ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali dehqon xo‘jaliklari tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli va moyli ekinlar etishtirish uchun fuqarolarga 10 yilga ijaraga byerish belgilandi.
Bunda, ijaraga byerish bo‘yicha matyeriallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va kelishish ishlari “E-IJARA” axborot tizimi, ochiq elektron tanlov o‘tkazish “E-AUKSION” orqali amalga oshiriladi.
Yana bir jihati, ushbu tanlovlarni o‘tkazishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishda yaxshi natijalarga erishgan, ushbu sohada tayanch mutaxassislikka ega bo‘lgan fuqarolarga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik beriladi.
Shuningdek, dehqon va fyermyer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi boshqa korxonalarga kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, poliz, dukkakli va moyli ekinlar etishtirishga doir loyihalari uchun “Har bir oila — tadbirkor” dasturi shartlari asosida yillik 14 foiz stavkada 100 mln. so‘mdan oshmagan miqdorda kreditlar ajratilishi belgilandi.
Ushbu kreditlar kichik intensiv bog‘dorchilik va uzumchilik uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, poliz, dukkakli, moyli ekinlar va sabzavotchilikka 6 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha muddatga ajratilishi qayd etilgan.
Bundan tashqari, Qarorga binoan dehqon xo‘jaliklari uchun qisqa muddatli intensiv o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tuzilib, tarkibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli va moyli ekinlar, kartoshka etishtirish va sabzavotchilik yo‘nalishlarida, shuningdek, ochiq elektron tanlovda ishtirok etish bo‘yicha malakali trenyer-konsultantlarni tayyorlab, ular yordamida dehqon xo‘jaliklari uchun qisqa muddatli intensiv o‘quv kurslarini tashkil etish ishchi guruhning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Tursunboy O’razbayev
Tuproqqal’a tuman adliya bo’limi etakchi maslahatchisi