05.03.2024
Bugun Tuproqqal'a tumanidagi 6-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Eng namunali mahalla raisi” tanlovining Tuproqqal'a tuman bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu bosqichda sektor bosqichida g‘alaba qozongan eng faol mahalla raislari ishtirok etishdi.
Mahalla raislari o‘z mahallasida olib borayotgan samarali faoliyatlari, xalq dardini tinglab, ularning muammolarini qanchalik hal qila olganligi, mahalla tizimi xodimlarini faoliyatini muvofiqlashtira olishi hamda samaradorligini oshirishi va boshqa hududlar ilg‘or tajribalarini nechog‘lik o‘zlashtirgani kabi yo‘nalishlarda hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.
Yakunda Yo'ldosh Oxunboboyev MFY raisi Rozimbayev Ikromjon faxrli 1- o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida tumanimiz sharafini himoya qilish imkonini qo‘lga kiritdi.