09.01.2024
Tuproqqalʼa tumani hokimligi hokimligi bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Тупроқ Қалъадаги муаммо" sarlavhasida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
- Xabarda keltirilgan fuqaro Smirnova Natalya Viktorovna ukasining qizini o‘z vasiyligiga o‘tkazib berishlarini so‘rab qilgan murojaatlari sudning turli instansiyalarida, xususan, Bog‘ot tumanlararo sudida 2 marta, Urganch tumanlararo sudida 1 marotaba ko‘rib chiqilgan hamda daʼvogar Smirnova Natalya Viktorovnaning bolani farzandlikka olish haqidagi daʼvo arizalarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ko‘rmasdan qoldirilgan. Shu munosabat bilan daʼvogar sud qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda sudning yuqori turuvchi instansiyalariga murojaat qilish huquqlari borligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.
- Videoda qayd etilgan voyaga yetmagan bolaning o‘limi bilan bog‘liq holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fosh qilinib, jinoyatchiga sud tomonidan 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Shu va shu kabi boshqa jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish, jinoyatlar kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, korxona-tashkilotlar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
‼️ Eslatib o‘tamiz, tuhmat va haqorat qilganlik, ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylash, shuningdek, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud