14.01.2024
Assalomu alaykum hurmatli oddiy askarlar va serjantlar, ofiser va generallar!
Qurolli kuchlarimiz xizmatchilari va faxriylari!
Qadrli Tuproqqal’a tumani aholisi!
Sizlarni, sizlar orqali butun tumanimiz ahlini O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda o’z hayotini ona yurt himoyasidek ulug’ ishga bag’ishlagan siz, azizlarga o’zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.
Hyech shubhasiz, mard va olijanob xalqimiz o’zining muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq bo’lib, xizmat burchini yerda ham, ko’kda ham sharaf bilan ado etayotgan sizlar kabi zabardast farzandlari – bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.
Muhtaram tadbir ishtirokchilari!
So’nggi yillarda hurmatli prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Milliy armiyamizning qiyofasi va salohiyati esa tubdan o’zgardi.
Dunyoda yuzaga kelgan hozirgi murakkab vaziyatda Vatanimiz mustaqilligi va suverenitetini, uning hududiy yaxlitligini ta’minlash, eng qimmatli boyligimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va totuvlikni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini barchamiz albatta chuqur anglaymiz.
Qadrli mehmonlar!
Bugungi qutlug’ ayyomda hurmatli prezidentimiz “harbiy-jangovar salohiyat va yuksak ma’naviy salohiyat O’zbekiston Qurolli kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur. Shonli tariximiz, buyuk ajdodlarimiz, yengilmas sarkardalarimiz jasorati, ularning «Bilagi zo’r – birni yengar, ongi va yuragi zo’r esa – mingni» degan so’zlari bizga aynan mana shunday hayotiy haqiqatni uqtiradi.
Shu ma’noda, harbiy ta’lim va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida, milliy o’zligimiz, ezgu qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish barchamizning eng muhim vazifamizdir.
Navqiron avlodimizni bugungi axborot makonida mavjud tahdidlardan himoya qilish, ularda yot va zararli g’oyalarga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ko’plab amaliy ishlarimizning samaradorligini oshirishimiz zarur.
Hurmatli askar va serjantlar, ofiser va generallar, Qurolli kuchlarimiz xizmatchilari va faxriylari!
Bugungi shonli ayyomda mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo’lidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun barchangizga o’z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.
Siz, azizlarni, sizlar orqali oila a’zolaringizni Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.
Barchangizga mustahkam sog’liq, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli xizmat vazifangizda ulkan zafarlar tilayman.
Kuch-g’ayratingiz, sha’nu sharafingiz yanada ziyoda bo’lsin!
El-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi sizlarga doimo yor bo’lsin!