Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Voqealar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Bog'lanish

    Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
Tuproqqal’a tumani hokimi Akmal Jimalyazovning murojaati

11.03.2024


Davlatimiz rahbarining Xorazm viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Tuproqqal’a tumani hokimi Akmal Jimalyazovning murojaati

  Muhtaram Prezidentimizning Xorazm viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida sifatli taʼminlash maqsadida Tuproqqal’a tumanida qolaversa, 1-sektor hududida amala oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan:

- Kichik va o‘rta biznesni yana-da qo‘llab-quvvatlash uchun garovsiz 100 mln.so‘mgacha va kichik va o‘rta sanoat loyihalariga 1,5 mlrd.so‘mgacha 18 foizdan 7 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davri bilan kredit mablag‘larni ajratiladi.

Shundan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish uchun tumanimizda  51,1 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

 Ushbu mablag‘ hisobiga mahallalarda 310 ta loyiha amala oshirilishi va 1 ming 694 ish o‘rinlari yaratish belgilandi.

1-sektor hududida 4 mahallada 69 ta loyihaga 11,3 mlrd.so‘m ajratib, 377 ta ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

Shuningdek, mahallalarda ishsizlikni yo‘qotish, aholi bandligini taʼminlash maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida tumandagi 198 ta xonadonlarda intensiv usulda baliq boqish yo‘lga qo‘yiladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz aholimizni bandligini taʼminlash maqsasida 320 ta xonadonda tikuvchilik, parranda, chorva, asalari, bog‘dorchilik va boshqa sohalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi.

 Ayni damda ushbu manzilda tadbirkorlarga yetarlicha sharoitilar yaratilishi taʼminlanmoqda va yil yakuniga qadar ishga tushunilishi rejalashtirilgan.

Tuman markaziga tutash hududda 10.5 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida yil yakuniga qadar qo‘shimcha 10 ta ko‘p qavatli uy qurib, 200 ta oilani yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi

Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek “Inson salomatligi hamisha birinchi navbatda” bu borada ham belgilangan vazifalar salmoqli.

Tumanda qo‘l mehnati asosida gilam to‘qish, ipakchilikva gilamchilik kooperatsiyalarini tashkil qilish, oilalarni o‘qitish, xonadonlarga ixcham uskunalar o‘rnatish hamda junchilik sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash subsidiya berish orqali loyihalar ishlab chiqib aholi bandligini taʼminlashga yo‘naltiriladi.

- investitsiya dasturi doirasida loyihani ishga tushirish hisobiga 570 nafar

- savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida o‘zini o‘zi band qilish va imtiyozli kreditlar ajratish hamda norasmiy band bo‘lgan aholini faoliyatini rasmiylashtirish hisobiga 2 ming 470 nafar,

- qishloq xo‘jaligida doimiy va mavsumiy ishlar bilan band qilish hisobiga 10 ming 027 nafar,

- dehqonchilik qilish uchun 642 nafar yoshlarga 160  gektar yer maydonlari ajratilishi rejalashtirildi.

- qurilish sohasida aholini doimiy ishlarga jalb qilish va legallashtirish hisobiga 757 nafar, fuqaroning bandligi taʼminlanadi.

Shuningdek, aholini kichik va o‘rta biznesga jalb qilish orqali 5 ming 511 nafar fuqarolarni bandligi taʼminlanadi.

 “Har bir kunimiz, faoliyatimizning negizidan bitta maqsad mujassamdir, u ham bo‘lsa xalqimizni bizdan rozi bo‘lib yashashiga erishishdir” deya yakunlanadi tuman rahbarining murojaatnomasi.

 



Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Ishlab chiqivchi: