Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Voqealar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Bog'lanish

    Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
Tuproqqal’a tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ro‘zimova Sanobar Egamberdiyevnaning 2024-yil 7 oyi davomida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi hisoboti va tadbirkorlarga murojaati

09.08.2024

 

Tuproqqal’a tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari 2024-yil yanvar-iyul oyi yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish orqali yangi institut “Mahalla yettiligi” tashkil qilinishini ta’kidlagandilar. Joriy yilning 1-yanvaridan boshlab, mahalla byudjetini shakllantirish hamda ularda shakllanadigan mablag‘larni “mahalla yettiligi”ning kengash qarorlari orqali infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirish belgilandi.
Ayni paytda Tuproqqal’a tumanidagi 18 ta mahallaga 8 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular zimmasiga norasmiy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, o‘zini-o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuklatilgan.
“Mahalla yettiligi” institutining shakllanishi orqali soliq inspektorlari mahalladagi har bir soliq to‘lovchi xonadoniga kirib bormoqda, tadbirkorlik subyekti bilan uchrashib, uning muammosini o‘rganyapti, soliq sohasidagi o‘zgarishlarni tushuntirish orqali yashirin iqtisodiyotning oldi olinmoqda.
Tuproqqalʼa tumani soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida o‘tgan yetti oy davomida 66 ta korxonadagi 382 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi. Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 26 ta savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 94 nafar, 16 ta ishlab chiqarish korxonalarida 129 nafar hamda 12 ta qishloq xo‘jaligi sohasida 48 nafar, shuningdek, 16 ta xizmat ko‘rsatish korxonalarida 111 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi.
Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini tiklash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ana shunday 68 ta korxonaning faoliyati tiklandi, 1 ta bo‘sh obyekt ishga tushirildi. Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini-o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, mahalla yettiligi bilan birgalikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash maqsadida tumanda 2253 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi va muayyan faoliyat turlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.
Mahallabay tizimning yaratilishi natijasida 411 mln so‘m miqdoridagi qo‘shimcha manba aniqlandi.
Joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida 3 mlrd 428 mln so‘m miqdoridagi jismoniy shaxslarning turar joy obyektlari bo‘yicha soliqlar undirilishi taʼminlandi. Natijada yig‘ilgan summaning 10 foizi yaʼni 342 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar mahalla byudjetiga qoldirildi. Ta’kidlash lozim, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati samaradorligi maxsus KPI dasturi orqali baholanadi va natijasiga qarab rag‘batlantiriladi hamda past ko‘rsatkichli xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘riladi.
Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz. Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, mahalliy idoralar bilan birgalikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash, tadbirkorlarga yordam berish orqali ularni xalol tadbirkorga aylantirsakkina soliq tushumlarining o‘sishi ta’minlanadi.

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Ishlab chiqivchi: