Tuproqqalʼa tumanining Sayapir mahallasida gaz taʼminoti toʻliq ikki bosqichli tizimga oʻtkazildi
26.02.2024
Tuproqqalʼa tumanining Sayapir mahallasida 921 ta xoʻjalik mavjud boʻlib, bugungi kunda ushbu mahalladagi barcha xonadonlar toʻliq “aqlli” hisoblagichlardan foydalanishmoqda.
Mazkur mahalla isteʼmolchilar uchun oldin gaz taqsimlash punktlari orqali tabiiy gaz yetkazib berilgan boʻlsa, bugungi kunda gaz taʼminoti ikki bosqichli tizimga oʻtkazilishi munosabati bilan ushbu gaz taqsimlash qurilmalarining barchasi olib tashlandi. Ularning vazifasini endi bevosita zamonaviy hisobdonlarning oʻzi bajaradi.
Bundan tashqari gaz quvurlari tartibga keltirilib, boʻyoqlash ishlari bajarildi.