Tuman hokimi Madrimovlar xonadonida iftorlik qildi.
13.03.2024
Bugun tuman hokimi Akmal Jimalyazov va tuman IIB boshlig'i Jasurbek Raxmetov Saidlar mahallasida yashovchi Madrimovlar xonadonida mehmon bo'lib, oila a'zolari bilan birgalikda iftorlik qildilar.
Xonadon sohibi Ro'ziboy Madrimov uzoq yillik kasallikdan ko'zlari nurdan qolganiga qaramasdan hayotdan umidi katta.
Fayzli dasturxon atrofida tutgan ro‘zalarini Alloh o‘z dargohiga qabul qilishini so‘rab duo qilib, tinchligimizga yana bir karra shukrona aytdilar.