Tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishildi.
11.11.2023
Bugun tuman hokimi Akmal Jimalyazov va sektor rahbarlari tuman tibbiyot birlashmasida bo'lib, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, isitish tizimlarining holati va kasalxonada daraxt ekish ishlarining borishini ko'zdan kechirdilar.
Tuman hokimi shifokorlar va bemorlar bilan muloqotda bo‘ldi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼul rahbarlarga bir qator topshiriqlar berdi.
Shuningdek, shifoxona olib boruvchi yo'lning qolgan qismini ta'mirlash ishlarini tezroq boshlash va aholi uchun qulay sharoit yaratish borasida ko'rsatmalar berildi.