Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi
15.06.2024
Bugun Tuproqqalʼa hududi hokimligida tuman sektor rahbarlari 11-sinfni tamomlab, katta hayotga qadam qo'yayotgan yoshlar bilan uchrashdilar.
Ochiq muloqot formatida o‘tkazilgan uchrashuvda barcha yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi.
Xususan, yoshlar tomonidan asosan o'qishni oliy ta'lim muassasalari hamda texnikumlarda davom ettirishga davlat tomonidan ko'rsatiladigan yordamlar, tadbirkorlikni yo'lga qo'yish va bandlik masalalarida murojaatlar bildirildi.
Bildirilgan masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi.