Sayyor qabul: muammo va yechim
13.05.2024
Bugun tuman hokimi Akmal Jimalyazov va sektor rahbarlari Tuproqqal'a maskani hamda Sarimoy mahallalarida fuqarolarning murojaatlarini tingladilar.
Fuqarolar tomonidan asosan uy-joy bilan ta'minlash, ishsizlik hamda mol-mulkka egalikni e'tirof etish masalalarida murojaatlar kelib tushdi. Bildirilgan masalalardan ba'zilariga huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan qismi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
