Sayyor qabul: muammo va yechim
01.04.2024
Bugun Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi.
Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi. Mavjud muammolarning aksariyati daxldor idora vakillari ishtirokida hal etildi. Qolgan murojaatlar qo‘shimcha o‘rganib, amaliy yordam berish choralari belgilandi.