Sarimoy mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o'rganildi
14.12.2023
Bugun Xorazm viloyati hokimining o'rinbosari S.Salayev va tuman sektor rahbarlari viloyatning eng chekka mahallasi - Sarimoy mahallasida bo'lib, mahalladagi ijtimoiy soha obyektlarining ayni sovuq kunlardagi holatlarini joyiga chiqqan holda o'rgandilar.
Xususan, o'rganish ishlari Sarimoy oilaviy shifokorlik punkti 11-son umumta'lim maktabi va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borildi hamda obyektlarda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tashkilot ichidagi harorat, jumladan, qozonxonalar va isitish tizimining holati bilan tanishildi.