Respublika ishchi guruhi Tuproqqal'a tumanida
14.06.2024
Ishchi guruh tomonidan tumanda aholi muammolarini o'rganish va hal etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish, kambag'allikni qisqartirish, bandlikni ta'minlash hamda murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
Dastavval ishchi guruh vakili Q.Matniyazov chekka - Sarimoy, Nukus, Hazorasp va Tuproqqal'a maskani mahallalarida bo'lib, mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi, ishlarni to'g'ri tashkil etish bo'yicha bir qator topshiqlar berildi.