Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi

    Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
Qishloq xo’jaligida energiya tejovchi texnologiylarni joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar

30.05.2024


Bugun yangi Oʻzbekiston energetika tizimida ham mamlakat energiya xavfsizligini taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror energiya bilan taʼminlash borasida ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tuproqqal’a tumanida ham yashil energiya tizimini tashkil etish bo‘yicha fermerlar xonadoniga 27 dona 178 kVt, suv chiqargich (nasozi)ga 1 dona 15 kVt yashil energiyasi o‘rnatildi.

Tumanda 250 kVt quvvatga ega yashil energiyasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Xalqimiz azaldan suvni eʼzozlab, uning har tomchisini eʼzozlaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda suv taqchilligining oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4919-sonli qarori qabul qilindi.

Tumanda mazkur qaror ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi to‘liq taʼminlanmoqda.

2024-yilda 15 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 75 gektar maydonda suv tejamkor texnologiyalari joriy qilindi. Hududlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etib, samaradorlikka erishayotgan fermer xo‘jaliklari soni tobora ortib bormoqda.

Jumladan, “Malika Mohijon” fermer xo‘jaligi o‘tgan yilda 15 gektar maydonda mazkur tizimni joriy etildi. Samaradorlik fermer kutganidan ham yaxshi natija bo‘ldi.

G‘o‘za maydonlarini tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish natijasida, suvni ikki barobar tejash va har gektardan o‘rtacha 40 - 45 sentnergacha, bu esa tumanda o‘rtacha hosildorlikdan 1,5 – 1,7 marta yuqori ko‘rsatkichga erishish imkoni yaratildi.

Joriy yilda 35 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 196 gektar maydonda suv tejamkor texnologiyalarni joriy qilish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda, “Aqilli serob”, “Omad start” va “Navoiy ishonch gilamlari” MCHJlari bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzilib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Xulosa shuki, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda tejamkor texnologiyalar joriy etilsa, hosildorlik ko‘tarilishi bilan birga, suvni tejash imkoniyati ham yuzaga keladi.

 

 




Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi: