Ommaviy sayyor qabul bo'lib o'tdi.
31.05.2024
Avval xabar berganimizdek (https://t.me/tuproqqala_uz/12535), bugun Tuproqqal'a tumanida ommaviy fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.
Sayyor qabulda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, tuman prokurori, tuman IIB boshlig'i, tuman DSI boshlig'i, tuman adliya bo'limi boshlig'i hamda Majburiy ijro bo'limi boshliqlari fuqarolarning murojaatlarini qabul qildilar.
Qabulda asosan sud-huquq masalalari, maishiy muammolar, davolanish uchun moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyati hamda kommunikatsiyalar masalalarida murojaatlar kelib tushdi.
Bildirilgan murojaatlarning katta qismi shu joyning o'zida hal etildi.