28.01.2024
Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligida qish mavsumida aholini elektr, gaz, suv va ko'mir bilan ta'minlash masalalariga bag'ishlangan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Aholi xonadonlarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 2020 yilda 22,5 mlrd so‘m, 2021 yilda 16,9 mlrd. so‘m va 2022 yilda 21,1 mlrd. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, 380 km tarmoqlar va 3 ta suv rezervari qurildi, 4 ta suv taqsimlash inshooti to‘liq rekonstruksiya qiliindi.
Natijada, tuman aholisining toza ichimlik suvi bilan taʼminganlik darajasi 2020 yilgi 65 foizdan 94 foizga olib chiqildi.
Isteʼmolchilarni uzliksiz elektr taʼminoti bilan taʼminlash uchun o‘tgan vaqt mobaynida 7,6 mlrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi hisobiga 21 ta yangi transformatorlar o‘rnatilib, 56,3 km uzunlikdagi tarmoq qurilgan. 45 ta transformator punkti va 126,9 km tarmoqlarda taʼmirlash ishlari bajarilib, 100 foiz isteʼmolchilar zamonaviy onlayn hisoblagichlarga o‘tkazilgan.
Tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni muntazam qoplash maqsadida 2020-2022 yillarda 1,6 mlrd. so‘mlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.
Xususan, yangidan 6 ta GRP va 10 km tarmoq qurilib, 30 km tarmoq va 150 dan ortiq GRPlar rekonstruksiya qilingan hamda barcha isteʼmolchilarga zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatilishi hisobiga 100 foiz xonadonlar gazlashtirilgan.
2020-2022 yillarda tumanda 280 km optik tolali aloqa kabellari yotqizilib, splitter qurilmalari o‘rnatilishi natijasida, 1800 ta abonentga yuqori tezlikka ega bo‘lgan sifatli internet xizmati ko‘rsatishga erishildi.
Natijada, aholiga ko‘rsatilgan aloqa xizmatlari hajmi 2020 yilga nisbatan 3,2 barobar oshib, 5 mlrd 166 mln so‘mni tashkil qildi.