05.03.2024
Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligi majlislar zalida "Aholi bilan ishlashda mahalla faollarining o'rni" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Unda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, mahalla yettiligi, ko'cha boshilar, jamoatchilik vakillari va OAV jurnalist va blogerlari ishtirok etishdi.
Dastlab tuman hokimi so'zga chiqib, aholi bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar hamda yuzaga kelayotgan kamchiliklarga to'xtalib o'tdi. Shundan so'ng mas'ullarning hisobotlari tinglanib, tizimda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni yo'lga qo'ysih yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shundan so'ng mahalla faollariga yuzlanib, ulardan yoshlar tarbiyasiga be'etibor bo'lmaslik, mahallalarda xavfsizlik masalalari hamda jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan loyihalarda faol ishtirok etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.