Navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.
12.06.2024
Bugun Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi. Qabulda Xalq qabulxonasi mudiri U.O'razbayev, tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Fuqarolar tomonidan asosan subsidiya, uy-joy, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarida murojaatlar kelib tushdi hamda tegishli tashkilotlarga qonuniy hal etish yuzasidan topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.