Media-tur | Tumanda olib borilayotgan ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari
28.06.2024
Bugun Tuproqqal'a tumanining chekka mahallalarida aholi uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ko'kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida jurnalist va blogerlar uchun media-tur tashkil etildi.
Dastlab ishtirokchilar tumanning chekka Tuproqqal'a maskani mahallasida joylashgan ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishdilar.