Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi
24.06.2024
Tuproqqal'a tumani hokimligida umumta'lim maktablarini a'lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Joriy o'quv yilida tumandagi umumta'lim maktablarini 755 nafar o'g'il-qizlar muvaffaqiyatli tugatib, katta hayotga qadam qo'ydilar. Shundan, 42 nafar bitiruvchilar oltin va kumush medallarga sazovor bo'ldilar.
Tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov hamda tuman prokurori Muzaffar Sapayev ishtirok etishdi.