Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligida Tashqi migrasiyada yurgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yig'ilishning 1-sonli bayoniga asosan tuman ishchi guruhini shakllantirish to'g'risida seminar tashkil qilindi.
25.04.2024
Seminarda viloyat ishchi guruhi rahbari Musaev Otabek Elbekovich hamda tuman hokimi Jimalyazov Akmal Ortiqovich, sektor rahbarlari, mahalla raislari hamda tuman ishchi guruhi a'zolari ishtirok etishdi.
Seminar davomida Davlatimiz rahbarining tashqi migrasiyada yurgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlash, ularning muammolarini o'rganish va hal etish hamda tashqi migrasiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash bo'yicha ishlar belgilab olindi.