Avtomobil butlovchi qismlari kooperatsiya asosida ishlab chiqariladi
21.02.2024
Bugun Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumanida joylashgan "UzAuto Motors" AJ filialida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Xorazm viloyat hokimligi va “O'zavtosanoat” AJ hamkorligida “Damas” va “Labo” avtomobillarining butlovchi qismlarini kooperatsiya asosida ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan ko'rgazmali yarmarka tashkil qilindi.
Yarmarkada yangi turdagi ehtiyot qismlarini kooperatsiya asosida ishlab chiqarish yuzasidan tadbirkorlar bilan fikr va tajribalar almashildi.
Kooperatsiya asosida 72 turdagi butlovchi qismlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan va buning hisobiga jami 180 tadan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.