22.05.2024
Turar joy turlari odatda uchta turga boʻlinadi:
1. Anʼanaviy yashash joylari
2. Boshqa yashash joylari
3. Kollektiv yashash joylari
Quyida biz boshqa turar joy bnrliklari haqida toʻliqroq toʻxtalib oʻtamiz.
“Boshqa turar joy birliklari”- anʼanaviy yashash joyi taʼrifiga toʻla mos kelmaydigan birliklar boʻlib, ular koʻchma, yarim kapital yoki improvizatsiyalangan (odamlar yashashi uchun moʻljallanmagan) boʻladi. Ammo shunga qaramay, roʻyxatga olish vaqtida bir yoki bir necha shaxs tomonidan odatiy yashash joyi sifatida foydalanib kelinayotgan boʻladi va ular bir yoki undan ortiq xususiy uy xoʻjaliklari aʼzosi hisoblanadi.
Quyida “boshqa turar joy birliklari” ning bir necha turlariga qoʻllaniladigan taʼriflar keltiriladi:
а) “Koʻchma turar joy birligi” deganda bir joydan ikkinchisiga koʻchirish uchun moʻljallangan har qanday yashash inshooti (masalan, palatka kabi) yoki oʻzida surma birlikni aks ettiradigan (masalan, qayiq, kema, yaxta, barja yoki avtokarvon) va yashash uchun moʻljallangan boʻlib, roʻyxatga olish vaqtida yashash uchun band qilingan, yaʼni kimningdir odatiy turar joyi boʻlgan joy tushuniladi.
Koʻchmanchilar lagerining va boshqa sayohatchi insonlarning individual komponentlari shu toifaga kiritilishi kerak, kollektiv uy-joylarga emas. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan joylar, masalan, yoʻlovchi kemalarida, temir yoʻl vagonlari va samolyotlarda, boshqa turar joy birliklari sifatida qaralmasligi kerak, roʻyxatga olish vaqtida unda sayohatni amalga oshirayotgan insonlar ushbu harakatlanish vositalarida yashovchilar sifatida qaralmasligi kerak.
б) “Nokapital turar joy birligi” oʻzida mahalliy primitiv (oddiy) qurilish materiallari, masalan, doskalar, somonli gʻisht, poxol yoki shunga oʻxshash oʻsimlik materiallaridan qurilgan, kulba yoki kapaga oʻxshash ajratilgan joyni aks ettiradi.
U bitta xususiy uy xoʻjaligi istiqomat qilishiga moʻljallangan boʻlib, roʻyxatga olish vaqtida eng kamida bitta inson tomonidan odatiy yashash joyi sifatida foydalanilayotgan boʻladi. Taxmin qilinadiki, bunday turar joy birliklari anʼanaviy yashash joylari singari abadiy boʻlmaydi.
в) “Yashash uchun moʻljallangan boshqa turar joy birliklari” (baʼzan improvizatsiya qilingan yashash birliklari deb ataladi) mustaqil vaqtinchalik boshpana va binolarni qamrab oladi, masalan, noanʼanaviy yoki sifati past materiallardan qurilgan kapalar, vaholanki, ular odamlar yashashi uchun yaroqsiz deb hisoblansa-da, roʻyxatga olish vaqtida hech boʻlmasa, bir inson tomonidan odatiy yashash joyi sifatida foydalanilayotgan boʻladi.
г) “Yashash uchun moʻljallanmagan boshqa turar joy birliklari” kapital va nokapital binolarni qamrab oladi, masalan, otxonalar, omborxonalar, tegirmon, garaj, omborlar, kontora joylari va boshqalar. Ular yashash uchun qurilmagan, qayta qurilmagan, qayta jihozlanmagan yoki rekonstruksiya qilinmagan, ammo shunga qaramay, roʻyxatga olish vaqtida bir yoki bir nechta xususiy uy xoʻjaliklari tomonidan odatiy yashash joyi sifatida foydalaniladi. Bu toifaga, shuningdek, tabiat boshpanalari, masalan, roʻyxatga olish vaqtida bir yoki bir nechta xususiy uy xoʻjaliklari tomonidan odatiy yashash joyi sifatida foydalanilayotgan gʻorlar kiradi.
“Improvizatsiya qilingan turar joy birliklari” va “Yashash uchun moʻljallanmagan boshqa turar joy birliklari”-“norasmiy uy-joylar” toifasiga birlashtirilishi mumkin.
Boshdan odamlar yashashi uchun moʻljallanmagan yoki qurilmagan, ammo bitta uy xoʻjaligi yashashi uchun qayta oʻzgartirilgan va anʼanaviy turar joy mezonlariga javob beradigan uy-joylar bu toifaga kiritilmasligi kerak, aksincha anʼanaviy turar joy sifatida tasniflanishi lozim.
Tuman statistika bo‘limi