6-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
30.12.2023
Bugun Tuproqqal'a tumanidagi Sharlauq mahallasida 6-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish ishlari yakunlanib tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, sektor rahbarlari, nuroniy va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotiga investitsiya dasturi doirasida 4,8 mlrd soʻm mablagʻ ajratilib, yangidan qurildi.
Natijada tashkilot sig'imi 90 o'rindan 150 o'ringa oshdi hamda mebellar bilan jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, oshxona, shinam yotoqxona va oʻyin maydonchalari barpo qilindi.