22.02.2023
"Yashil energiya" afzalliklari yuzasidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
O‘tgan qish energiya manbalaridan oqilona foydalanish zarurligini, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish qanchalik dolzarbligini barchamizga isbotlab berdi.
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish, elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish maqsadida muhtaram Prezidentimiz tomonidan bir qator muhim hujjatlar imzolandi. (PQ-57 (https://lex.uz/uz/docs/-6385716), PQ-444 (https://lex.uz/ru/docs/-6316592))
Bugun aynan shu Qarorlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida tumandagi barcha turdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari rahbarlari bilan tuman hokimi ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqotda barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini tashkil qilinishi va shoxobchalarning maishiy-texnik ehtiyojlari va hududini yoritish uchun elektr energiyasi taʼminotining kamida 50 foizi ushbu obyektlarda o‘rnatiladigan quyosh panellari orqali qoplanishi lozimligi haqida tushuntirishlar berildi.