11.01.2023
Sessiyaga Kengash raisi - tuman hokimi Alisher Salayev raislik qildi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
1. Tuproqqalʼa tumani hokimi A.Salayevning Tuproqqalʼa tumani xalq taʼlimi tizimida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yil “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman aholisi va ota-onalarga murojaati haqida.
2. Tuman xalq taʼlimiga qarashli 6-son ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi o‘qituvchisi Nurmonova Munavvara Komiljonovnaning xalq orasida obro‘-eʼtibor qozongan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylari nomidan tuman aholisi va ota-onalarga murojaati to‘g‘risida.
3. Tuproqqalʼa tuman Adliya bo‘limi tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tuproqqalʼa tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri U.O‘razbayevning “Tuman sektor rahbarlari va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati yuzasidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti.
5. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tahlili va hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tuproqqalʼa tuman Xalq qabulxonasi mudirining axboroti to‘g‘risida.
6. Tuproqqalʼa tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida.
7. “Temir daftar”da ro‘yhatda turgan fuqaroga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ajratish to‘g‘risida.
8. “2022-yil uchun Tuproqqalʼa tumani mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.
Sessiya ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda uzatildi.