Umumtaʼlim maktablarida xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘rgatishni tashkil etish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
10.02.2023
Seminarda tuman hokimi Alisher Salayev, taʼlim sohasi rahbarlari, hokim yordamchi va xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
Dastlab ishtirokchilarga Andijon tumanidagi 55-maktab hamda Xiva shahridagi 18-maktablarda yo‘lga qo‘yilgan o‘quvchilarni xorijiy tillar va kasbga hamohang o‘qitish uslubi bilan tanishtirildi.
Shundan so‘ng, tuman maktablarining joylashuvi, ixtisosligi hamda o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasb va xorijiy tillarni o‘qitishni tashkil etish yuzasidan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Jarayonni tashkil etish va muvofiqlashtirib borish maqsadida tuman ishchi guruhi tashkil qilindi.