05.04.2023
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o'sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to'g'risida"gi PF-101-son Qaroriga muvofiq Tuproqqal'a tumanida quvvati 100 MVt bo'lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish belgilab berilgan.
O'zkazilgan investorlar tanlovlari natijalariga ko'ra Fransiyaning "Voltalia SA" kompaniyasi g'olib deb topilgan va "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ bilan bitim imzolangan.
Bugun insvestorlar, Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari Sherzod Ismailov, tuman hokimi Shuxrat Axmedov, sektor rahbarlari va tegishli mutasaddilar loyihani amalga oshirilish rejalashtirilayotgan Sarimoy mahallasi hududida bo'lishdi hamda oldinda turgan dastlabki masalalar yuzasidan fikr almashishdi.