13.05.2023
Ma'lumki, 15-may — Xalqaro oila kunini mamlakatimizda kеng nishonlash hamda “Yangi O'zbеkistonning ibratli oilasi” ko'rik-tanlovini o'tkazish bеlgilangan.
Shu munosabat bilan Tuproqqal'a tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Yangi O'zbеkistonning ibratli oilasi” ko'rik-tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Ko‘rik-tanlovda mahallalardagi ibratli, namunali, jumladan, uzoq yillardan beri birgalikda ahil-inoq, baxtli-saodatli yashab kelayotgan oilalar vakillari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda oilalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularni mustahkamlash, ibratli oilalar faoliyatini kеng ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldilar.
Tanlov ishtirokchilari uchta shart asosida o‘zaro bellashib, oilaviy munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash bilan bog‘liq tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tajribalarini yoshlarga o‘rnak sifatida qayd etdilar. Yuqori natijalarga erishgan ibratli oila viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ko‘rik-tanlovda oilalar tomonidan ko‘rgazmalar tashkil etildi. Unda har bir oila vakillari o‘zlarining qo‘l mehnati asosida tayyorlagan turli buyumlarini namoyish etdilar.