Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Bog'lanish
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
Tuproqqal'a tumani hokimi Alisher Salayevning o'qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi

30.09.2022

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar!

Qadrli do‘stlar!

Siz, azizlarni, o‘z hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bag‘ishlagan barcha ustoz va murabbiylarimizni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bog‘liq” degan so‘zlari sizlarning mashaqqatli, ayni vaqtda olijanob faoliyatingizga berilgan yuksak bahodir, desak, o‘ylaymanki, adashmagan bo‘laman.

Haqiqatan ham, biz o‘zimizdagi jamiki yaxshi fazilatlar, hayotda erishayotgan barcha yutuqlarimiz uchun siz, azizlardan umrbod minnatdormiz.

Ushbu qutlug‘ ayyomda sizlarning shaʼningizga eng go‘zal so‘zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, barchamizning kamol topishimiz, jamiyatda munosib o‘rin egallashimizda bor bilim va tajribasini, qalb haroratini baxsh etib kelayotgan mehridaryo ustozlarimizga chin yurakdan rahmat aytamiz.

Shu boradagi o‘ta masʼuliyatli vazifalar sizlardan o‘z ustingizda tinimsiz ishlash, farzandlarimizni yangicha tafakkur, yuksak insoniy tuyg‘ular bilan oshno etish, ularda mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini uzluksiz rivojlantirib borishni talab etmoqda.

Ishonchim komil, millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, Vatanimizning har bir farzandini o‘z bolasidek sevib, ardoqlab, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash uchun sidqidildan mehnat qilayotgan siz, hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar bu vazifalarni albatta sharaf bilan ado etasiz.

Aziz va muhtaram ustozlar!

Barchangizni bugungi umumxalq bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Olijanob va masʼuliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va omadlar, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.

Hech qachon kam bo‘lmang, mehribon ustozlar!

Tuproqqal'a tumani hokimi Alisher Salayev
Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Hujjatlar
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
  • Ochiq ma'lumotlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov