Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Bog'lanish
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
Tuproqqal'a tumani hokimi A.Salayevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

07.04.2022

Assalomu alaykum, qadrli  eldoshlar!

 

Avvalambor sizlarni, sizlar orqali butun tumanimiz  ahlini eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – davlatimiz mustaqilligining 30 yillik shodiyonasi bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Mustaqillik xalqimizning asriy orzusini ro‘yobga chiqarib o‘z hayoti va kelajagini erkin barpo etish, ozod va obod Vatan poydevorini yaratish  imkonini berdi. Bizning insoniy qadr-qimmatimizni, g‘urur va shaʼnimizni,  milliy davlatchiligimizni tiklab bergan Mustaqillik kuni Vatanimizning shonli tarixida hamisha eng yorqin sahifa bo‘lib qoladi.

 Mustaqillikning o‘tgan 30 yili davomida  mamlakatimiz mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli  yo‘lni bosib o‘tdi.Ayniqsa, so‘nggi  besh yil mobaynida hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan islohotlar ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida yangilanish va tub o‘zgarishlarga zamin hozirladi.

Qadrli do‘stlar!

Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi  “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”  degan shior asosida nishonlanmoqda.

Istiqlolning o‘tgan yillari davomida erishilgan yutuqlar va qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni sarhisob etadigan bo‘lsak, tumanimizda har bir jabhada asrlarga tatigulik bunyodkorliklar, yaratuvchilik ishlari ro‘yobga chiqarilganining guvohi bo‘lasiz. 

Ayni kunda tumanimiz markazidan tortib eng chekka hududlargacha qurilish va bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bayram arafasida 10 dan ortiq loyihalar bo‘yicha yangi ishlab chiqarish obyektlari, madaniy-maishiy inshootlar foydalanishga topshirildi.

Tumanimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan  “Marhoba Medikal Sentr”, “To‘rabek Diyorbek”, “Hazorasp Jo‘ramiks” hamda “Shox Sulton Bolaligim” loyihalar jadal davom ettirilib mustaqilligimizning 30 yilligiga ishga tushirilishi kutilmoqda.

Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan amaliyotga tadbiq etilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla”dasturlari doirasida so‘nggiyillarda tumanimizda 8 tamahallada qurilish hamda obodonlashtirish ishlari olib borilib, xalqimizning turmush sharoitlari yaxshilandi.

Aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida  2021 yilda tumanimizda Uy-joy dasturi doirasida jami   200 tadan ortiq xonadonli yangi uy-joylar barpo etilyapti.

Tuman iqtisodiyotini jadal rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash maqsadida joriy yilda umumiy qiymati  293 milliard 60 million so‘m bo‘lgan 51 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Bu loyihalar natijasida 650tadan ortiq ish o‘rni tashkil etish, 5 million dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilish mo‘ljallangan. Yaqinda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda bu yo‘nalishda yangi rejalarimizni belgilab oldik.

2020 yil boshida butun insoniyatga tahdid solib, jahon iqtisodiyotini izdan chiqarish xavfini tug‘dirgan koronavirus pandemiyasi viloyatimizdagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga  ham o‘z taʼsirini o‘tkazmasdan qolmadi. Global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida  viloyatda sanoat korxonalari faoliyati barqarorligi taʼminlanib, ish o‘rinlari yo‘qolishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Mirishkor dehqon va fermerlarimiz bu yilgi murakkab sharoitda fidokorona mehnat qilib, g‘alla, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirdilar. Imkoniyatdan foydalanib, rizq-ro‘zimiz bunyodkori bo‘lgan dehqon va fermerlarimizga, barcha dala mehnatkashlariga samimiy minnatdorchilik bildirishga ruxsat bergaysiz.

 

 Qadrli bayram qatnashchilari!

         Bugungi qutlug‘ ayyomda Vatanimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar kamoloti yo‘lida qilayotgan ishlarimizni esga olishimiz tabiiy, albatta. 

Uzluksiz taʼlimning muhim bosqichi bo‘lgan maktabgacha taʼlim tizimidagi yangiliklarni o‘zingiz guvohi bo‘lib turibsiz. 2017 yilda viloyatda  3-7 yoshdagi bolalarning  23  foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 43,3 foizni tashkil etdi. Joriy yil oxirigacha esa 65,2 foizga yetadi.

 

Keyingi besh yilda sog‘liqni saqlash tizimida tub islohotlar  amalga oshirilib, tibbiyot muassasalari moddiy bazasi yaxshilandi. Jumladan,  tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Oilaviy poliklinikalar zamonaviy ultra tovush tekshiruvi apparati hamda EKG apparatlari bilan taʼminlandi. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi shoshilich yordami negizida Tuproqqalʼa, Bog‘ot va Hazorasp  tumanlari uchun 1 milliard 903 million so‘mlik tumanlararo qo‘shma jarohatlar va qon tomir kasalliklari bo‘limi qurilish  boshlandi.  Bundan tashqari, 4 dona “Tez yordam” mashinalarining  xarid qilinishi  aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy  xizmat sifatini yaxshilash imkonini berdi.

Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “Yangi O‘zbekiston” iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning eʼtirofidir.

Qadrli eldoshlar!

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 oktyabr sanasida  mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi. Albatta, ushbu siyosiy jarayonda barchamiz faol ishtirok etamiz.

Bayram arafasida turli soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning katta bir guruhi davlatimizning faxriy orden va medallari bilan taqdirlandi.

Ularning barchasini qizg‘in tabriklab, ijtimoiy faoliyatlari va shaxsiy hayotlarida yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilayman. 

Shuningdek, bir guruh yoshlarimizdan o‘smirlar reytingida 18 yoshli grossmeyster Nodirbek Yoqubboyevning shaxmat bo‘yicha yuqori o‘ntalikka kirishi,joriy yil 6-13 iyun kunlarisportning dzyudo turi bo‘yicha  Budapesht (Vengriya) shahrida Jahon chempionatida Gulnoza Matniyozovaning ishtirok qilib, jamoa hisobidan 3-o‘rini egallashi,  Nilufar Yoqubboyevaning ayollar o‘rtasida grossmeysterlik talabini bajarganligi va Dadaxon Safarovning 28 yoshida "Xalq taʼlimi aʼlochisi" bo‘lishi mustaqillikning 30 yillik  bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi. Fursatdan foydalanib chempion sportchilarimizga, ularning ota-onasiga,murabbiylariga samimiy minnatdorchilik bildiraman.

 

Qadrli bayram ishtirokchilari!

Tumanimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ulkan bunyodkorlik  jarayonlari surʼati  eldoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirmoqda. Islohotlar samarasini o‘z taqdirida, kundalik hayotida ko‘rayotgan har bir yurtdoshimiz qalbida bugunidan rozi bo‘lish, ertangi kunga mustahkam ishonch tuyg‘usi mujassam. Xalq manfaati, odamlarni hayotdan rozi qilish – doimo faoliyatimizningasosiy mezoni bo‘lib qolaveradi.

So‘zimning yakunida, barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, yurtimiz ravnag‘i yo‘lidagi ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz  tinch va farovon, mehnatkash va  bag‘rikeng xalqimiz doimo sog‘-omon,  Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

 

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Hujjatlar
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
  • Ochiq ma'lumotlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov