Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Bog'lanish
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
Tuproqqal’a tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan huquqiy targ'ibot tadbiri amalga oshirildi.

30.07.2022

Joriy yilning 18-avgust kuni Tuproqqal’a tuman Madaniyat bo'limida E-huquqshunos elektron tizmi bo‘yicha seminar-training tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi PQ-5168-sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab tumanidagi davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to‘liq elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yuzasidan o‘quv amaliy tushuntirish berib o‘tildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli Qarori mazmun mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Bunda, “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanishning asosiy imkoniyatlari to‘g‘risida Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, elektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish va elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga yuborilishi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazning mas’ul xodimlari tomonidan tegishli xulosa tayyorlash, hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktirish hamda o‘zaro hujjat almashish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishi yuzasidan tushuntirishlar berilib o‘tildi.

O‘tkazilgan seminar so‘ngida Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan ishtirokchilarning savollariga huquqiy asoslantirilgan holda javoblar berildi.

 

 

 

 

 

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Hujjatlar
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
  • Ochiq ma'lumotlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov