13.09.2022
Byudjet tushumi bo’yicha.
2022–yilning sakkiz oylik davomida prognoz ko’rsatkichlari ijrosi bo’yicha byudjet rejasi 19,7 mlrd.so’m belgilangan bo’lib, haqiqatda 20.5 mlrd.so’m yoki rejaga nisbatan 0,7 mlrd.so’mga qo’shimcha mablag’lar tushirilib 103.6 foizga bajarildi.
Juladan: 2022yil 1-chorakda byudjet rejasi 7065.0 mln.so’m beligilangan bo’lib, haqiqatda 7189.9 mln so’m yoki rejaga nisbatan 133.9 mln so’mga yoki qo’shimcha mablag’ tushirilib 101.9 foizga, 2022yil 2-chorakda byudjet rejasi 8506.0 mln.so’m beligilangan bo’lib, haqiqatda 8621.2 mln so’m yoki rejaga nisbatan 115.2 mln so’mga yoki qo’shimcha mablag’ tushirilib 101.4 foizga, 2022yil avgust oyi byudjet rejasi 2228.0 mln.so’m beligilangan bo’lib, haqiqatda 2399.6 mln so’m yoki rejaga nisbatan 171.6 mln so’mga yoki qo’shimcha mablag’ tushirilib 171.6 foizga bajarildi.
2022 yil birinchi yarim yillikda mahalliy byudjet rejasi 25,4 mlrd.so’m belgilangan bo’lib, haqiqatda 28,3 mlrd.so’mga yoki rejaga nisbatan 3,0 mlrd.so’m qo’shimcha mablag’lar tushirilib 111,6 foizga bajarildi.
Jumladan: 2022yilning 1-choragida mahalliy byudjet rejasi 11,6 mlrd.so’m belgilangan bo’lib, haqiqatda 13,2 mlrd.so’mga yoki rejaga nisbatan 1,6 mlrd.so’m qo’shimcha mablag’lar tushirilib 113,7 foizga, 2022 yilning 2-choragida mahalliy byudjet rejasi 13,8 mlrd.so’m belgilangan bo’lib, haqiqatda 15,1 mlrd.so’mga yoki rejaga nisbatan 1,4 mlrd.so’m qo’shimcha mablag’lar tushirilib 109,9 foizga, bajarilgan.
Joriy yil uchun 30,0 mlrd.so’mlik reja belgilangan. Har bir soliq turi bo’yicha imkoniyatimizni hisob-kitob qilib chiqdik. Yil yakuni bo’yicha 2,0 mlrd.so’m qo’shimcha daromad tushiramiz.
Shu qatorida, soliq yukini pasayishi, qulay sharoitlarni yaratilishi hisobiga tadbirkorlar soni 197 taga oshdi.
Soliqdan “qochish” kamaydi. O’tgan yili tadbirkorlarning soliqlarni ixtiyoriy to’lab berishi 95 foizga ham yetmagan bo’lsa, 2022 yil 98 foizni tashkil etdi.
1. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo’mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatish sifati va ko’lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi - ko’makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o’rganish va soliq qonunchiligidagi o’zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o’zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida, uchrashuvlarda tumanimizning barcha xududlaridan(maxallalarida) jami 226 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, 2022-yilning III- choragi davomida Tuproqqal’a tuman davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tumanning barcha xududlarida(maxalalarida) jami 18 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o’tkazilib, qariyb 115 ta tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan (Elektron shaklda hisobotlar yuborish, Elektron shaklda ariza va murojaatlar yuborish) axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, bugungi kunda Tuproqqal’a tumanida 867-ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 88 ta korxonaning 132 ta muammolari o’rganilib, mazkur muammolarning 118 dan ortig’i bevosita soliq xodimlari ko’magida hal etildi.
Tuproqqal’a tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 85 ta korxonadagi 285 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi.
Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, 2020 yilda yangi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig’i esa 5 foizdan 1,5 foizga tushdi. Qo’shilgan qiymat solig’i 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi. Natijada, tumandagi tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda o’tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar ko’paygan bir vaqtda, 2022-yilning 8 oyi davomida,boshqa soliq turlaridan ortiqcha to’lov summasini qaytarish yuzasidan 103 korxonada 634,1 mln. so’m pul mablag’lari korxonalarning hisob raqamlariga qaytarildi.
2022-yilning sakkiz oyi davomida tumanimizda soliq to’lovchilari tomonidan 20499,3 mln. so’m miqdorida soliqlar to’lanib, belgilangan prognoz rejasi 710,0 mln. so’m ortig’i bilan bajarildi. Byudjetga yo’naltirilgan mablag’larning asosiy qismi 16727,4 mln. so’mi, ya’ni 81,6 foizi yuridik shaxslar, 3771,8 mln.so’mi yoki 18,4 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to’g’ri keldi.
Jumladan: 2022 yilning sakkiz oyi davomida AOS(aylanmadan olinadigan soliq) rejasi 2152.1 mln.so’m belgilangan bo’lib,haqiqatda 2204.5 mln. so’mga yoki rejaga nisbatan 52.4 mln.so’m qo’shimcha mablag’lar tushirilib 102,4 foizga, “Ishchi xizmatchilar daromad solig’i”dan rejasi 8119.8 mln.so’m belgilangan bo’lib,haqiqatda 9010.9 mln. so’mga yoki rejaga nisbatan 891,1 mln.so’m qo’shimcha mablag’lar tushirilib 111,0 foizga,”YaTTlar qat’iy solig’i”dan rejasi 202.3 mln.so’m belgilangan bo’lib,haqiqatda 211.5 mln. so’mga yoki rejaga nisbatan 9.2 mln.so’m qo’shimcha mablag’lar tushirilib 104,6 foizga,”Suv resurslardan foydalanilganlik uchun” soliq rejasi 169.4 mln.so’m belgilangan bo’lib,haqiqatda 257.9 mln. so’mga yoki rejaga nisbatan 88.5 mln.so’m qo’shimcha mablag’lar tushirilib 152,2 foizga, “Yuridik shaxslar yer solig’i”dan rejasi 1462.3 mln.so’m belgilangan bo’lib,haqiqatda 1644.5 mln. so’mga yoki rejaga nisbatan 182.2 mln.so’m qo’shimcha mablag’lar tushirilib 112,4 foizga bajarildi.
Hurmatli tadbirkorlar endi xarid summasidan 1 foizli keshbek olish, “Soliq hamkor” tizimlarining joriy etilishiga ham to’xtalib o’tadigan bo’lsam — bu tizim mijozlarni jalb qilishga qaratilgan maxsus bonus dasturlarining bir turi bo’lib, soliq tizimida samarali qo’llanib kelinyapti.
To’g’risi, soliqchilar yaqin paytgacha faqat soliq yig’ish bilan shug’ullanib kelgan.
Prezidentimizning 2021-yil 4-oktyabrdagi PQ-5252 sonli qarori (Chakana savdo va xizmat ko’rsatish sohasida nazorat kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risidagi”)ga asosan, chakana savdo va xizmat ko’rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirish hamda yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish maqsadida xarid summasidan 1 foiz miqdorda keshbek qaytarish mexanizmi joriy etildi.
Ma’lumki, har bir tadbirkorlik nuqtasi mahsulot sotsa QR kodi bo’lgan fiskal chek berishi shart. Agar ular bunday chekni bermasa yoki plastik kartada savdo qilishni istamasa, xaridor do’konda tortishib o’tirmay, bu haqda “Soliq hamkor” tizimi orqali xabar berishi mumkin. Albatta, bunda murojaat qanchalik asosli ekanligi jiddiy tekshiriladi. Qoidabuzarlik holatlari tasdiqlangan taqdirda murojaatchi — soliq hamkor orqali undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida rag’batlantiriladi.
Jumladan, tumanda 2022yil 8 oyi davomida “Soliq hamkor” dasturi orqali 32 ta murojaat kelib tushgan bo’lib,ushbu murojaatlar yuzasidan o’tkazilgan tekshirishlarda 39-ta holatda 212.7 mln.so’m moliyaviy jarima qo’llanilib shu davrda, tekshirida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari tasdiqlanganligi natijasida “Soliq hamkor” orqali undirilgan jarimalardan 22.0 mln.so’m mukofot puli murojaatchilarga qaytib berilgan.
2. 2022yilning 1-yarim yillikda Tuproqqal’a tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 07.01.2021yildagi “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to’lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo’yicha toifalash tartibi to’g’risida”gi №1-sonli karoriga asosan, 135-ta korxonada “Kameral soliq tekshiruvi” o’tkazilib,o’tkazilgan tekshirishlar natijasida shu davrda 438.7 mln.so’mga qayta xisobotlar olinib byudjetga qo’shimcha hisoblandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2021yil “Orol bo’yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi PF-25-sonli farmoni yuzasidan tumandagi 86-ta korxona va tashkilotlarga, tumanda yangi tashkil etilib , ro’yxatdan o’tgan korxonalar uchun hisoblanishi lozim bo’lgan Foyda solg’i, hamda yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirib xisobotlar taqdim qilinishi yuzasidan, tushuntirishlar o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo’shimchcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi PK№104-sonli karor (2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo’lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko’rsatuvchi hamda ko’ngilochar maskanlarda xizmatlar ko’rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilanganligi) yuzasidan 58-ta korxonada tushuntirishlar o’tkazildi.
Davlat soliq idoralari tomonidan asossiz tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, noqonuniy tekshirish o’tkazilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Tuproqqal’a tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o’rgatish va “Soliqchi - ko’makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.
Sultanov Inomjon Ikramovich!