Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Navbahor mahallasida bo'lib o'tdi.
05.07.2023
Bugun tuman hokimi Shuhrat Ahmedov Navbahor mahallasidagi 2-son kasb-hunar maktabi binosida fuqarolarni qabul qildi va unda 53 nafar fuqarolar o'zini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Bildirilgan murojaatlarning asosiy qismini uy-joy bilan ta'minlash va ta'mirlash, kommunikatsiyalar hamda moddiy yordam masalalari tashkil etdi.
Har bir murojaat yuzasidan soha mutaxassislari jalb qilinib, aksariyat masalalar joyida hal etildi. Qolgan masalalar o'rganib chiqish va qonuniy tartibda hal etish uchun mutasaddilarga muddat berilib, ijrosi nazoratga olindi.