Sarimoy ayollarining bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
05.04.2023
Bugun tuman hokimi Shuxrat Axmedov Sarimoy mahallasida yo'lga qo'yilgan "Sarimoy turkman gilamlari" ishlab chiqarish kooperativida bo'lib, qo'y junidan gilam mahsulotlarini to'qish jarayonlari bilan tanishdi.
Bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xilma-xilligi va sifatini oshirish, ishchilarga qulay sharoit yaratish hamda daromadlarini yaxshilashga qaratilgan bir qator vazifalar belgilab olindi.