Pitnak shahridagi suv uzatish va kanalizatsiya oqova suvlarni tozalash inshootlari rekonstruksiya qilinadi
09.02.2023
Bu haqida Tuproqqal'a tumani hokimligida o'tkazilgan loyiha konsultanti "Ecostandart Expert" korxonasi va jamoatchilik vakillari uchrashuvida ma'lum qilindi.
Loyihaga ko'ra, Pitnak suv tozalash inshootining ishlash quvvatini 200 ming m3/sutkadan 400 ming m3/sutkagacha oshirish, kanalizatsiya oqova suvlarni tozalash inshootini dastlabki bosqichda 5 ming m3/sutkaga, keyinchalik esa avval mavjud bo'lgan 10 ming m3/sutkagacha tiklash ishlarini amalga oshirish ko'zda tutilmoqda.
Loyiha Yevropa Taraqqiyot Tiklanish banki mablag'lari hisobidan xalqaro talablar asosida amalga oshiriladi va 2025-yilgacha yakunlanadi.